Xitoyda ko‘prik quladi: qurbonlar bor
Xitoy shimoli-sharqida ko‘prik qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlangan, deya xabar berdi mahalliy «Global Times» gazetasi.
Hodisa Tyanszin shahrida sodir bo‘ldi. Mahalliy politsiya shu zahoti ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari bilan shug‘ullangan qurilish kompaniyasi xodimlarini hibsga oldi.
XXR hukumati voqea joyiga tekshiruv o‘tkazish uchun maxsus guruhni yubordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter