Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda ko‘mir koni portlab ketdi: qurbonlar ko‘p

Xitoyda ko‘mir koni portlab ketdi: qurbonlar ko‘p

Foto: «AP Photo/Ng Han Guan»

Xitoyning sharqiy Shandun provinsiyasidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi. Kamida yetti kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi jarohatlangan, deya xabar berdi Xitoyning CGTN telekanali mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib.

Hodisa payshanba kuni Szyasyan okrugida yuz bergan. Boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Portlash yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring