Xitoyda kichik furgon daryoga quladi: sakkiz kishi halok bo‘ldi
![Xitoyda kichik furgon daryoga quladi: sakkiz kishi halok bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1227881618.jpg)
Xitoy janubidagi Guansi-Chjuansi avtonom tumanida kichik furgonning daryoga qulashi natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, bir kishi esa dom-daraksiz yo‘qolgan. Bu haqda hudud mahalliy hokimiyati «Weibo» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bergan.
Furgon yo‘ldan chiqib ketgan va daryoga qulagan. Ammo mazkur hodisa sababi hozircha noma’lum. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter