Xitoyda ichkilikbozlikka qarshi vosita topildi

Xitoyning Fuyuan shahridagi shifoxonada alkogolizmga qarshi «hushyorlik chipi» joriy etildi. Bu haqda China Daily xabar berdi.
«Hushyorlik chipi» — dorili granulalar to‘plami, ichkilikka qaramlikdan qutulishda yordam beradi. Unga alkogolga moyillikni susaytiruvchi va retsidivlardan xalos etuvchi naltrekson vositasi qo‘shilgan.
Granulalar bir santimetrga yaqin kesma orqali teri ostiga mahalliy anesteziya ostida yuboriladi. Jarayonga besh daqiqa ham ketmaydi. Dori bir necha soatdan so‘ng ishga tushib, ta’siri yarim yilgacha davom etadi.
«Hushyorlik chipi» birinchi bo‘lib 20 yildan buyon spirtli ichimlik ichib kelgan 40 yoshli erkakka qo‘llandi. Aytilishicha, avvaliga oz-ozdan ichib yurgan bu odam kuniga 1,5 litrgacha ichadigan bo‘lgan. Ichkililikni tashlay olmagan, oilasida tinchlik yo‘q, o‘tgan yillar davomida to‘qqiz marta mazasi qochib shifoxonaga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter