Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi

Xitoyda hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi

Foto: EADaily

Xitoyda hukumatning koronavirus siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Urumchidagi uyda yong‘in oqibatida kamida 10 kishi nobud bo‘lganidan so‘ng, 26-noyabr kuni mamlakatning qator shaharlarida norozilik namoyishlari boshlangan. Bu uy eshiklari karantin tufayli tashqaridan bekitib tashlangani bois, yong‘in paytida odamlar tashqariga chiqisha olmagan.

Reuters xabariga ko‘ra, namoyishlar Shanxay, Pekin, qator uyg‘ur shaharlari va universitetlarni qamrab olgan. Namoyishchilar Xitoyda lokdaunni bekor qilishni talab etishmoqda. Shanxaydagi norozilik namoyishlarida XXR raisi Si Szinpinning iste’foga chiqishini talab qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring