Xitoyda «Fusin» tezyurar poyezdi sinovdan o‘tkazildi
Xitoyning tezyurar poyezdlar ishlab chiqaruvchi «CRRC Tangshan Co.» kompaniyasi injenerlari 350 kilometr/soat tezlikda yuradigan va bir paytning o‘zida 1100 nafar yo‘lovchini tashiydigan «Fusin» poyezdini sinovdan o‘tkazdilar. Bu haqida «Sinxua» agentligi ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Yangi tezyurar poyezd 16 ta vagondan iborat bo‘lib, uzunligi 415 metrga teng, bu hozirgi vaqtda foydalanishda bo‘lgan «Fusin» poyezdlaridan ikki barobar uzun degani.
Ushbu yangi poyezd to‘liq Xitoyning o‘zida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning avgust oyidan 350 kilometr/soat tezlikda yuruvchi «Fusin» poyezdlari Pekin-Shanxay yo‘nalishida qatnay boshladi. Ushbu poyezd yo‘lovchilarni Pekindan Shanxayga 4 soatu 28 daqiqada yetkazadi, bu avvalgi poyezdlarga qaraganda bir yarim soat tezdir.
Xitoyning barcha tezyurar poyezdlari maksimal 350 kilometr/soat tezlikda yuradigan qilib ishlab chiqariladi, ammo bundan yetti yil avval hukumat harakat tezligini 300 kilometr/soatgacha cheklab qo‘ygan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter