Xitoyda COVID-19 bemorlarining 93 foizidan ko‘pi tuzaldi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni (mahalliy va chetdan yuqtirib kelganlar) kundan-kunga kamaymoqda.
Kasalxonalarda davolanayotgan bemorlar soni ming nafardan ozroq qolmoqda, bemorlarning 93,2 foizi sog‘ayib ketgan, 5,59 foizi vafot etgan, deyiladi XXR sog‘liqni saqlash masalalari davlat qo‘mitasi ma’lumotida.
Eng oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, katta Xitoyda (materik qismi) koronavirus aniqlanish holati 82 798 taga yetdi, shundan 77 207 nafar (93,2 foiz) bemor shifo topgan va kasalxonadan uyiga javob berilgan.
Epidemiya boshlanganidan beri, Xubey provinsiyasini hisoblamaganda, Xitoyda kasallik 14 670 kishida aniqlanib, shundan 120 tasi o‘lim bilan tugagan.
Koronavirus o‘chog‘i — Xubeyning o‘zida kasallik 68 128 kishidan aniqlanib, 4512 kishi (6,62 foiz) uning qurboniga aylangan. Xubey markaziy shahri Uxanda esa o‘lim ko‘rsatkichi 7,68 foizga teng bo‘ldi.
Xitoy bo‘yicha koronavirus jami qurbonlari 4632 nafarga (5,59 foiz) yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter