Xitoyda avtomobillar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng uzun tunnel qazildi
Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida «Tyanshan Shenli» deb nomlangan tunnel qazilishi nihoyasiga yetdi. U dunyodagi eng uzun yuqori tezlikli avtomomobil tunneli hisoblanadi, deyiladi «Sinxua» xabarida.
Uzunligi 22,13 km bo‘lgan tunnel qorli tog‘lar ostidan o‘tib, Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani shimoli va janubini tutashtiradi.
Tunnel ishga tushsa Tyanshan tog‘ining o‘rta qismidan o‘tuvchi yo‘lga sarflanadigan vaqt bir necha soatdan 20 daqiqagacha qisqaradi. Loyiha qurilishi 2025-yilda nihoyasiga yetkazilib, foydalanishga topshirilishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter