Xitoyda AQSh fuqarosi o‘limga hukm qilindi
Xitoy sudi aprel oyida AQSh fuqarosi Shadid Abdulmatinni o‘zi sevgan qizni qasddan o‘ldirganlikda aybdor deb topib, unga o‘lim jazosi belgilagandi.
Mahalliy OAV yozishicha, qotillik qasddan va shafqatsizlarcha amalga oshirilgani uchun sud uni og‘irlashtiruvchi holat, deb hisoblagandi.
Bugun ma’lum bo‘lishicha, Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi oliy xalq sudi Abdulmatinning apellyasiyasini qaytargan, o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi. Ish tasdiqlash uchun Xitoy oliy xalq sudiga oshirildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Abdulmatin qotillikda ayblangan ish bo‘yicha keltirilgan dalillar haqqoniy va yetarli, jinoyat to‘g‘ri malakalangan, jazo chorasi jinoyatga mos, sud jarayoni qonuniy o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter