Xitoyda 609 million yillik embrion topildi
Bristol universiteti va Nanjing geologiya va paleontologiya instituti olimlari boshchiligidagi xalqaro tadqiqotchilar guruhi 609 million yillik qazilma toshlarni o‘rganishdi va ular ilgari fanga noma’lum bo‘lgan organizmning embrionini topishdi.
Kashfiyot Bristol universiteti saytida e’lon qilingan. Cho‘kindi toshlar Xitoyning janubidagi Guychjou provinsiyasidagi 609 million yoshli tog‘larida topilgan. Embrionlarning ba’zilarining diametri yarim millimetrdan oshmaydi.
Fanga ilgari noma’lum mavjudot «Caveasphaera» deb nomlangan. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu embrion sifatida rivojlangan ko‘p hujayrali organizmlarning ilk ajdodlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Biroq, olimlar «Caveasphaera» hayvon yoki yo‘qmi bilishmaydi. Ulardan ba’zilari ko‘p hujayrali, ba’zilari esa faqat ikkita hujayradan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter