Xitoy Yaponiyani radioaktiv suvlarni dengizga oqizmaslikka chaqirdi

Xitoy hukumati Yaponiyani radioaktiv suvlarni dengizga oqizmaslikka, umuman, Fukusima-1 atom stansiyasi atrofidagi ishlarni to‘xtatishga chaqirdi. Xitoyning bayonotini tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda e’lon qildi.
Yaqinda Tokyo Electric Power Company (Yaponiya) Fukusima-1 AESdan bir kilometr olislikda dengiz tubini chuqurlashtirish ishlarini boshlashini e’lon qilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, radioaktiv ifloslangan suvni tashlashga mo‘ljallangan suv osti tunnelini qurish uchun ekskavatsion ishlar (dengiz tubi tuprog‘i olinishi) amalga oshiriladi.
Sohillarini Tinch okeani suvlari yuvib turuvchi mamlakatlar, jumladan, Xitoy Yaponiyaning ushbu qaroridan jiddiy tashvishga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter