Xitoy xorijlik sayyohlar uchun chegaralarini ochdi
Xitoyda 2020-yil martida koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan cheklov bekor qilindi, endi mamlakat chegaralari xorijlik sayyohlar uchun ochiq.
Mamlakatga keluvchi sayyohlardan karantinda o‘tirish talab etilmaydi, biroq tashrifdan oldin 48 soatgacha bo‘lgan muddatda topshirilgan PZR-test manfiy chiqishi shart.
Bugun, yakshanbadan boshlab Xitoy hukumati chet elliklar vaqtincha yashashi uchun oddiy vizalarni berishni boshladi.
Shuning barobarida mamlakatning materik qismida yashovchi aholisi uchun xorijga chiqish pasportlari olishga ruxsat berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter