Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy va Mo‘g‘ilistonda bubonli o‘lat aniqlandi. Kasallikning O‘zbekistonda tarqalishi xavfi bormi?

Xitoy va Mo‘g‘ilistonda bubonli o‘lat aniqlandi. Kasallikning O‘zbekistonda tarqalishi xavfi bormi?

2023 yilning 14 avgustida Xitoy va Mo‘g‘ilistonda, har ikkala davlatda 3 tadan bubonli o‘lat kasalligi aniqlandi. O‘lat eng dahshatli kasalliklardan biri hisoblanib, butun insoniyat tarixida yuz bergan uchta o‘lat pandemiyasi yuzlab million odamlar hayotiga zomin bo‘lgan.

O‘lat – tabiiy o‘choqli zoonoz kasalliklar guruhiga mansub infeksiya bo‘lib o‘ta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi. O‘lat, odatda tabiiy o‘choqdagi kasallik mikrobini yuqtirib olgan kemiruvchilar orasida tarqaladi. Kasal kemiruvchidan kasallik mikrobini sog‘lom kemiruvchiga burgalar va kanalar chaqishi orqali yuqadi. Kasallikni yovvoyi hayvonlar orasida keng tarqalishi epizootiya jarayoni deb ataladi.

Epizootiya kechayotgan xududlarda muntazam yashaydigan mahalliy aholi yoki mavsumiy ishlaydigan odamlarga kasallik burga va kanalar chaqishi orqali yuqadi. Bunda asosan o‘latning bubonli shakli (bubon – o‘lat mikrobi zararlagan va shishgan limfa tuguni) kuzatiladi. Bubon shaklidagi o‘lat hozirda 95-98 foizni tashkil qiladi. Kasallik vaqtida aniqlanib zamonaviy davolash choralari o‘z vaqtida o‘tkazilganda deyarli barcha hollarda kasallanganlar tuzalib ketadi.

Agar o‘lat mikrobi havo orqali yuqsa o‘pka shakli, og‘izdan yuqsa oshqozon-ichak shaklida kechadi. Shaklidan qat’i nazar vaqtida davolanmagan bemorlarda mikrobni qonda ko‘payishi orqali sepsis shaklida og‘ir kechib o‘limga sabab bo‘ladi.

Kasallik og‘ir intoksikatsiya sindromi, isitma, terining, limfa tugunlarining, o‘pkaning shikastlanishi, septik holat bilan tavsiflanadi. O‘zbekistonda mavjud tabiiy o‘choqlarda epiootiyalarni vaqtida aniqlab ularni epidemiyaga aylanib ketmasligini oldini olish bilan muntazam tizimli ravishda shug‘ullanadigan o‘latga qarshi tizim muassasalari mavjud bo‘lib ular o‘choqlar faollashgan paytlarda kerakli profilaktik tadbirlar olib boriladi.

Kasallikni havo yo‘llari va quruqlikdagi yo‘llar orqali chet ellardan kirib kelishini oldini olish maqsadida 50dan ortiq chegara kesib o‘tish joylarida kechayu-kunduz faoliyatdagi sanitariya-karantin punktlari tashkil etilgan.

Yuqoridagilarni hisobga olib bizda hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deyiladi Sanepidqo‘mita xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring