Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy va AQSh savdo sulhiga kelishdi — bojlar keskin pasayadi

Xitoy va AQSh savdo sulhiga kelishdi — bojlar keskin pasayadi

Foto: REN TV

Xitoy va AQSh savdo sulhiga bo‘yicha kelishib oldi — ikki mamlakat o‘zaro bojlarni 90 kun muddatga kamaytiradi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Xitoy Amerika tovarlariga tariflarni 125 foizdan 10 foizgacha kamaytiradi. Bunga javoban, AQSh Xitoy importiga bojlarni 145 foizdan 30 foizgacha qisqartiradi, deyiladi Oq uy saytida e’lon qilingan mamlakatlarning qo‘shma bayonotida. Chora-tadbirlarni 14-maygacha joriy etishga kelishib olingan.

Qo‘shma Shtatlar bayonotida qayd etilishicha, «tomonlar iqtisodiy va savdo munosabatlarini muhokama qilishni davom ettirish uchun mexanizm yaratadi». AQSh moliya vaziri Skott Bessent qo‘shimcha qilishicha, «hech bir tomon aloqalarni uzishni istamaydi».

AQSh va Xitoy sulhi fonida bitkoin kursi keskin o‘sib, yanvarning oxiridan buyon birinchi marta 106 ming dollarlik dovonga yaqinlashdi, bunga CoinMarketCap portali ma’lumotlari shohidlik beradi. Va aksincha, oltin arzonlashdi — Comex birjasi (Nyu-York savdo birjasi sho‘basi)da 2025-yilning iyun oyi uchun fyuchers qiymati 5-maydan buyon ilk marta 1 troya unsiyasi uchun 3 250 dollardan pasaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring