Xitoy tashqi ishlar vaziri ham Toshkentga yetib keldi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Toshkentga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoy delegatsiyasini O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.
Tashrif dasturiga binoan, Xitoy TIV rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi, shuningdek, «ShHT oilasi» mamlakatlari delegatsiyalarining rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Efiopiyadan Toshkentga kelgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter