Xitoy rasmiysi Qoraqalpog‘iston bo‘yicha munosabat bildirdi
![Xitoy rasmiysi Qoraqalpog‘iston bo‘yicha munosabat bildirdi](https://static.xabaruz.com/crop/9/2/720_460_95_922557209.jpg)
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan XXR TIV brifingida mamlakatning Qoraqalpog‘iston bo‘yicha pozitsiyasini ochiqlagan.
«Xitoy tomoni bir necha kun avval O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan voqealardan xabardor. O‘zbekistonning do‘st qo‘shnisi va keng qamrovli strategik hamkori sifatida Xitoy O‘zbekiston Hukumatining milliy osoyishtalikni ta’minlash borasidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Xitoy tomoni shunga aminki, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston mamlakatda osoyishtalik va birlikni saqlashga qodirdir», deydi Chjao Litszyan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi voqealar haqidagi savolga javob berarkan, bu O‘zbekistonning ichki ishi ekanini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter