Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Xitoy raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Foto: «AP Photo / Mark Schiefelbein»

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi kutilmoqda. Bu haqda kecha prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

«Xitoy bilan ham aloqalar izchil rivojlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning mamlakatimizga bo‘lajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda», deya alohida qayd etildi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 4 milliard dollarga yetgan.

Yig‘ilishda Shavkat Miriyoyev bu davlat bilan hamkorlik bo‘yicha imkoniyatlar ko‘pligi, lekin hozirgi natijalar yetarli darajada emasligini ta’kidlagan. «Yo‘l xaritalari» ijrosi oqsayotgani, ish tizimli olib borilmayotganini jiddiy tanqid qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring