Xitoy politsiyasi masjidda «litsenziya»siz namoz o‘qigan malayziyalik sayyohlarni hibsga oldi
Malayziyalik sayyohlar guruhi Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlar masjidida «litsenziyasiz» namoz o‘qigani uchun hibsga olindi, deya xabar bermoqda World of Buzz nashri.
«Bizni qo‘yib yuborishgan bo‘lsa-da, qattiq hayratdamiz. Chunki bizga, ya’ni musulmonlarga masjidda namoz o‘qishga ruxsat berilmadi», – deydi guruh yetakchisi Xir Ariffin.
Guruh yo‘lda ochiq bo‘lgan yagona masjidni ko‘rgach, o‘sha yerda namoz o‘qigan. Namoz tugashi bilan esa masjidga politsiya bostirib kirib, sayyohlarni qo‘lga olgan. Shu voqeadan keyin sayyohlar muntazam kuzatuvda bo‘lishganini tushunib yetishdi.
Sayyohlar politsiya bo‘limida bir necha soat ushlab turilgach, qo‘yib yuborilgan. Ular bilan uchrashgan mutasaddilardan biri uzr ham so‘ragan, biroq sayyohlar ularni qo‘lgan olgan politsiyachilarni qaytib ko‘rmagan.
«Menimcha, bizni qo‘yib yuborishganining yagona sababi oramizda jurnalistlarning ham borligi bo‘ldi. Xitoy rasmiylari Sharqiy Turkistonda bo‘layotganlardan dunyo xabar topishini istamaydi, – deydi Ariffin. – Ammo sukut saqlash bilan bu muammo hal bo‘lib qolmaydi».
Manba: azon.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter