Xitoy Oyning bir qismini oldi (video)
«Xitoyning Chang‘e 5 zondi Oydan namuna olish ishini tugatdi, namunalar kosmik kemaning ichiga joylangan», — deyiladi XINHUANET agentligi xabarida.
Chang‘e 5 uchuvchi apparat bortida jami ikki kilocha vulqonga xos moddalar mavjud. Regolitni sayyoraga yetkazib berish dekabrning uchinchi haftasiga rejalashtirilgan. Oxirgi marta 1970-yilda Sobiq Ittifoq va AQSh Oydan tuproq olib kelishga muvaffaq bo‘lgan.
1-dekabr kuni Chang‘e 5 Oyga yumshoq qo‘nishni amalga oshirgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Chang‘e 5 missiyasi 24-noyabr kuni Venchan kosmodromidan Long March 5 og‘ir raketasi yordamida uchirildi.
O‘shandayoq AQSh Xitoy qazib olingan regolit bilan xalqaro hamkorlari bilan bo‘lishishiga umid qilgandi.
2019-yil 3-yanvar kuni Xitoyning 140 kiloli Chang‘e 4 zondi dunyoda birinchi bo‘lib Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi Oyning qarama-qarshi (Janubiy qutbda — Eytken havzasida) tomoniga yumshoq qo‘nishni amalga oshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter