Xitoy Osiyo chempionatini o‘tkazishdan bosh tortdi
2023 yil iyun-iyul oylarida Xitoyda futbol bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazilishi kerak edi, ammo musobaqa endi boshqa joyda bo‘lib o‘tadi.
«Avvaliga Osiyo kubogi 2023 yil 16 iyundan 16 iyulgacha Xitoyda o‘tkazilishi kerak edi. Xitoy tashkiliy qo‘mitasi pandemiyadan jabrlanganlar hisobiga musobaqani butunlay ochiq tartibda tashkil qilolmasligini bildiradi», deyiladi qo‘mita qarorida.
Chempionat uchun endi boshqa joy qidiriladi. Yangi joy nomi yaqin kunlarda aniq bo‘ladi.
Osiyo chempionati saralashida O‘zbekiston barcha o‘yinlarni Namangandagi «Markaziy» o‘yingohida o‘tkazadi. O‘zbekiston terma jamoasi S guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lankaga qarshi uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter