Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Marsni o‘rganish uchun birinchi kosmik kemani uchirdi

Xitoy Marsni o‘rganish uchun birinchi kosmik kemani uchirdi

Xitoy «Tianwen-1» kosmik kemasida Marsni tadqiq qilish uchun birinchi sinovni amalga oshirdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Tekshiruvni amalga oshiradigan «Changzheng 5» uchirish moslamasi Xitoyning janubidagi «Wenchang» kosmodromidan uchirilgan. Kemaning umumiy og‘irligi besh tonnani tashkil qiladi. Ulardan 1,3 tonna tushish modulining og‘irligi, yana 3,7 tonnasi esa orbital stansiyadir.

2020-yilda Xitoyning Marsga kosmik kemasini uchirishi o‘tgan yili ma’lum bo‘lgan edi. Keyingi missiya 2021-yil boshida Marsga yaqin orbitaga chiqishidan iborat bo‘lishi aytilmoqda.

Xitoyning Marsga bo‘lgan missiyasining maqsadi sayyoradagi hayotni izlash va atrof-muhitni o‘rganishdir. Xullas, Xitoy Marsni «kashf qilmoqchi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring