Xitoy kompaniyasi «Kampirobod»dan Farg‘onaga ichimlik suvi keltirib beradi
Xitoyning «Sinomash» xoldingi Farg‘ona viloyatida «Kampirobod» suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortish loyihasini boshlamoqchi.
Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi chog‘ida gap borgan.
Mazkur loyihalarga Xitoy moliya muassasalari tomonidan kamida 20 yil muddatga 300 mln dollargacha miqdorda yoki ekvalentida dollarda yillik 3 foizgacha bo‘lgan kredit ajratish bo‘yicha dastlabki kelishuvga ham erishilgan.
Shuningdek, delegatsiya Farg‘ona shahrida «aqlli shahar» tizimi asosida raqamlashtirish yuzasidan ham xitoy kompaniyalari bilan dastlabki kelishuvlarga erishdi. Xitoy tomoni bu loyihani 2 ta mahalla hududida sinov tariqasida beg‘araz amalga oshirib berishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyati hokimligi delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davomida jami 32 ta, shundan umumiy qiymati 1,37 mlrd. dollar bo‘lgan 29 ta investitsiyaviy kelishuv va savdo shartnomalari imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter