Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi Jizzaxda 1000 MVtlik shamol elektr stansiyasi qurmoqchi

Xitoy kompaniyasi Jizzaxda 1000 MVtlik shamol elektr stansiyasi qurmoqchi

Kecha, 28 mart kuni Jizzax viloyatida quvvati 1000 MVtgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Xitoyning «China Huadian Overseas Investments», «CNEEC» (China National Electric Engineering Company) va «SANY Renewable Energy» kompaniyalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur kelishuv bo‘yicha «China Huadian Overseas Investments» kompaniyasi investor sifatida, «CNEEC» kompaniyasi bosh pudratchi, «SANY Renewable Energy» kompaniyasi esa shamol turbinalarini yetkazib beruvchi sifatida loyihada ishtirok etadi.

Kompaniyalar tomonidan stansiya qurish bo‘yicha qurilish maydoniga chiqib o‘rganish ishlari tez kunlarda boshlanadi. Shuningdek, kompaniyalar O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida kelishuvlar imzolashning tartiblari yuzasidan ham o‘rganishlar olib borishadi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, shamol elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha tomonlar bosh kelishuvni imzolaydilar.

Ta’kidlash kerakki, mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyalari tomonidan yurtimizga 1 mlrd AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring