Xitoy gigant «dron-komikadze tashuvchi»sini namoyish qildi

Xitoy kelasi oyning boshida 100 tagacha kichik dron-komikadzelarni tashishga qodir bo‘lgan Jiutian SS-UAV uchuvchisiz samolyotining ilk parvozini amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, qurilma 8 ta tashqi osma blok bilan jihozlangan bo‘lib, ular yordamida 1000 kilogrammgacha bo‘lgan boshqariladigan aviabombalar, shuningdek, «havo-havo» va «havo-yer» raketalari, kemaga qarshi raketalar va kamikadze-dronlarni o‘rnatish mumkin.
Xitoy markaziy televideniyesi bergan ma’lumotga ko‘ra, uchuvchisiz samolyot balandlik 15 ming km balandlikkacha erisha oladi. Qanotlari kengligi 25 metr, parvoz masofasi 7 ming km va maksimal uchish og‘irligi 16 tonnani tashkil qiladi. Havoda 12 soat qolish imkoniyatiga ega.
«Jiutian uchuvchisiz uchish apparati bortini yig‘ish yakunlandi. Hozirda qurilmaga tizimni o‘rnatish va test rejimida ishlatib ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Birinchi parvoz joriy yilning iyun oyi oxiriga rejalashtirilgan», – deyiladi xabarda.
South China Morning Post nashrining yozishicha, 100 tagacha o‘q-dorilar yoki kichik dronlar, jumladan, kamikadze dronlari samolyot fyuzelyajining har ikki tomonidan uchirilishi mumkin.
Nashrga ko‘ra, Jiutian shuningdek, razvedka, kuzatuv va ma’lumot yig‘ish, shuningdek, elektron urush olib borish sohasidagi vazifalarni bajarishga qodir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter