Xitoy Falastin masalasini hal etish yo‘lini aytdi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining aytishicha, Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi Falastin xalqining o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lish huquqini inkor etish bilan bog‘liq.
«Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaroning davriy takrorlanishining asosiy sababi - Falastin xalqining davlatchilik huquqlariga uzoq vaqt davomida e’tibor bermaslik», dedi u.
Van Ining fikricha, mojaroni hal qilish yo‘li «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyilini amalga oshirishdan iborat. Mustaqil Falastin davlatini yaratish zarur, dedi tashqi ishlar vazirligi rahbari.
Xitoy, shuningdek, mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiya chaqirish va yo‘l xaritasini ishlab chiqishni talab qilmoqda, deydi diplomat.
«Falastin masalasi Yaqin Sharqdagi asosiy muammodir. Va agar u adolatli yechim topmasa, mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishning iloji yo‘q», — deya fikrini xulosalagan Van I.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter