Xiaomi avgustda o‘zining birinchi elektromobilini chiqaradi
Xiaomi bosh direktori va asoschisi Ley Szyun avgust oyida kompaniyaning birinchi elektromobili prototipini namoyish etadi.
Bu haqda Arena EV portali xabar berdi. Xiaomi rahbari loyihaning rejaga muvofiq davom etishiga ishonch hosil qilgan.
Qayd etilishicha, elektromobil taqdimotidan so‘ng yo‘l sinovlari, jumladan, avtomobilning qishki ilk sinovlari boshlanadi. Elektrmobilni ishlab chiqayotgan jamoa Shanxayda joylashgan HVST Automobile Design kompaniyasining bir qismi bo‘lib, ular Weltmeister Maven konsept-karida ham ishlagan.
O‘tgan yili Xiaomi o‘zining avtomobil bo‘limini rivojlantirish uchun 10 milliard dollar ajratdi. Kompaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodi Ichjuan shahrida quriladi, u yerda kompaniya tadqiqot va ishlanmalar markaziga ham ega bo‘ladi.
Kutilayotgan ishlab chiqarish quvvati yiliga 300 ming avtomobilni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter