Xerson ma’muriyati binosidan Rossiya bayrog‘i g‘oyib bo‘ldi
Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Xerson viloyatidagi ma’muriyat binosiga osib qo‘yilgan Rossiya bayrog‘i g‘oyib bo‘ldi.
Bu haqda birinchi bo‘lib ma’muriyatning avvalgi vakillari (Ukrainaga tegishli) ma’lum qilishdi.
Ukraina rasmiylarining ta’kidlashicha, binoning bayroqsiz surati bugun, 3-noyabr kuni olingan.
Bu ma’lumotni Kiyevda davlatga xiyonatda ayblangan bloger Anatoliy Shariy ham tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter