Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliti topildi, xazinaning o‘zi qayerda?

Kaliti topildi, xazinaning o‘zi qayerda?

Kalit va ko‘hna maktubni duradgor topib oldi.

Foto: «Facebook»

Norvegiyaning Tronxeym shahridagi lyuteran cherkovini ta’mirlash payti qiziq topilmaga duch kelishdi.

«Kimda kim bu kalitni topib olsa, bilsinki, u 500 kilogramm oltin ko‘mib qo‘yilgan maxfiy xona eshiginiki».

Kalit bilan birga topilgan, 1830-yilga mansubligi qayd etilgan xatda yuqoridagi so‘zlar yozib qoldirilgan.

Restavtratorlar siyoh va qog‘ozning holati va sifati xatda ko‘rsatilgan davrga mosligini ta’kidlashmoqda.

Biroq xazinaga to‘la maxfiy xonaning o‘zi topilganicha yo‘q...

Kalit va ko‘hna maktubni duradgor topib oldi. Foto: «Facebook»

Ushbu xabarga munosabat bildirgan «Facebook» foydalanuvchilari oltinsiz ham ushbu topilma ajoyib kashfiyot bo‘lganini, qidiruv ishlarida yordamga shayliklarini yozishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tronxeymdagi Nidaross cherkovi 1070-yili qirol Olaf II qabri ustida barpo etilgan va asrlar davomida norveg qirollariga toj kiydirish marosimi o‘tkazib kelingan. Cherkov bir necha marta yonib ketgan va qayta ta’mirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring