Xavfsizlik kuchlari Minskdagi namoyishchilarga qarshi maxsus uskunalardan foydalandi
Minskda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari namoyishchilarga qarshi maxsus vositalardan foydalanishdi, deya xabar bergan Belarus ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili.
«Huquqni muhofaza qilish idoralari Orlovskaya ko‘chasidagi namoyishchilarning harakatlarini bostirish uchun maxsus vositalardan foydalandi», dedi u.
Bugun muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga ilgari surgan «xalq ultimatumi»ning so‘nggi kuni. Ultimatum bajarilmagan taqdirda, ertadan boshlab muxolifat «milliy ish tashlash» boshlanishini e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter