Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xatirchida tilla qumi uchun chuqurlikka kirgan 4 kishi halok bo‘ldi

Xatirchida tilla qumi uchun chuqurlikka kirgan 4 kishi halok bo‘ldi

2021-yil 12-iyun kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi 7 nafar fuqaro «Oltinsoy» tog‘ tizmasidan tilla qumi qazib olish maqsadida borishgan va chuqurlikka tushib, «elektrodvijok»dan chiqqan yoqilg‘i tutunidan zaharlanishlari natijasida 4 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etishgan hamda 3 nafar fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasining  «jonlantirish» bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.   

«Shuningdek, noqonuniy ravishda tilla qumlarini qazib oluvchilarni aniqlash va bu kabi noqonuniy harakatlarni oldini olish yuzasidan muntazam ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tadbirlar o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda», deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring