Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xatirchida hokimni sudga bergan fermer sirli o‘lim topgani aytilmoqda

Xatirchida hokimni sudga bergan fermer sirli o‘lim topgani aytilmoqda

Illyustrativ foto

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri sirli o‘lim topgani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, fermer tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga yetmay fermerning jasadi tumanning Polvonota MFY hududidan o‘tgan ariqdan topilgan.

Voqelik bo‘yicha «Xabar.uz» so‘roviga javob berarkan, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov fermerning jasadi joriy yilning 5 noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqladi. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ham bildirdi.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o‘limi yurak nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfeksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Mahkama matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tug‘ilayotgani, ularning vajlarini to‘laqonli tekshirilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilindi. Hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring