«Xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni his etib turibman» — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga minnatdorlik bildirdi.
«Olijanob va bag‘rikeng xalqimiz menga yana bir bor katta ishonch bildirib, buyuk Vatanimiz taqdiri uchun butun mas’uliyatni o‘z zimmamga olish imkonini berganini shu hayajonli lahzalarda yanada chuqur anglab, qalbim cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lmoqda.
Shu bilan birga, bugun yelkamga qanday ulug‘vor mas’uliyat olayotganimni, Vatanimiz mustaqilligi, 36 milliondan ziyod aziz xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni yurak-yuragimdan his etib turibman.
Mana shunday yuksak ishonch uchun, hurmat va e’tibor uchun ko‘pmillatli, mard va donishmand xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta’zim qilaman», – dedi Prezidentimiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter