Prezident yangi qarorni imzoladi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-5097, 29.04.2021 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan 2020 yil 6 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgach O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter