Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalariga oid nizom tasdiqlandi

Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalariga oid nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (767-son, 21.12.2021-y.) bilan Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, xalqaro pochta jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.

Xalqaro kurerlik jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish:
- temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazishda – maxsus belgilangan bojxona postlarida;
- havo transporti orqali yetkazishda – xalqaro aeroportlar yoki ularga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi.

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga jo‘natmalar topshirilishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.

Keltirilgan jo‘natmalar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi.

Jo‘natmalar orqali yuborilgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.

Mazkur Nizom qoidalari yozma xat-xabarlarga (mayda paketlardan tashqari) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring