Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro pochta jo‘natmalari bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritildi

Xalqaro pochta jo‘natmalari bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritildi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi:

— Xalqaro pochta jo‘natmalarini havo transportida yuborish va qabul qilish yo‘lga qo‘yildimi?

— «O‘zbekiston pochtasi» havo transporti orqali yuk tashuvchi aviakompaniyalar bilan xalqaro pochta jo‘natmalarini dunyoning 35 ta mamlakaiga yetkazib bermoqda.

Xalqaro pochta jo‘natmalari yuk tashuvchi havo transportida yuborilishi munosabati  bilan, yangi «Extra» tarifi asosida qabul qilinmoqda.

— Nega internet tezligi hamma joyda bir xil emas, narxlar ham qimmat?

— 2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirildi. Internet provayderlariga respublikaning turli hududlaridan tarmoqqa ulanish yagona tartibda va bir xil narhlarda tashkil etildi.

O‘zbekistonda internet tezligi 6%ga, mobil internet tezligi esa 18% ga oshgan.

— «O‘zbekiston pochtasi» tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish xizmati qayta yo‘lga qo‘yildimi?

— Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 maydan e’tiboran mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berishga ruxsat berilgan.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘ygan.

— So‘xda Bosh vazir boshchiligida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yaxshilash bo‘yicha qator topshiriqlar berildi. Shu bo‘yicha nima ishlar amalga oshirildi?

— So‘x tumanida telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, 62 km optik tolali aloqa kabellari, umumiy sig‘imi 536 portli zamonaviy qurilmalar, 40 dona 7 metrli temir-beton ustunlar, 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari «O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filiali — 2 ta antenna machta qurilmalari bilan, «Coscom»  MChJ – 1 ta, «UMS» MChJ – 2 ta  zarur transport va maxsus materiallar tumanga yetkazildi.

— Hozir kunda IT-markazlar va IT-Park filiallarida  kurslarda o‘qish mumkinmi? IT-Parkning qaysi loyihalarida onlayn qatnashish mumkin?

— Bugungi kunda, IT-Park  barcha bo‘limlari onlayn rejimda ishlashga o‘tgan. Startaplar bo‘yicha  o‘qishlar davom etmoqda. Rezidentlar hujjatlarni onlayn ravishda topshirmoqda, barcha uchrashuv va muzokaralar bulutli video platformalarda o‘tkazilmoqda. Oflayn o‘qishlar karantin tugaganidan keyin boshlanadi. Buni kutmasdan o‘qishni istaganlar dasturlashni o‘rganish uchun Uzbekcoders.uz platformasida yoki o‘z startaplarini ishlab chiqishni xohlaganlar, https://online.it-park.uz/ pre-akselerator onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tib o‘qishlari mumkin.

Hozirda 14 ta loyiha onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring