Xalqaro jinoyat sudi Netanyahu va Yoav Galantni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant (joriy yil 5- noyabrda ushbu lavozimdan olingan edi, -tahr.)ni 2023-yil 8-oktyabrdan 2024-yil 20-maygacha sodir etgan insoniyatga qarshi jinoyatlari va urush jinoyatlari uchun hibsga olishga order berdi.
Sud, shuningdek, HAMASning yuqori martabali qo‘mondoni, Isroil harbiylari uyushtirgan hujumda joriy yilning iyulida halok bo‘lgani aytilgan Muhammad Deifni ham hibsga olishga order bergan.
Netanyahu va Galantni hibsga olishga doir so‘rov dastlab XJS prokurori tomonidan 2024-yil 20-may kuni so‘ralgan edi.
Bunga javoban Isroil tomoni ushbu so‘rovni bekor qilishni so‘rab sudga shikoyat keltirgan.
«2024-yil 21-noyabrda Xalqaro jinoyat sudining sudgacha bo‘lgan palatasi bir ovozdan Isroilning Rim statutining 18 va 19-moddalari bo‘yicha berilgan shikoyatini rad etish bo‘yicha qaror qabul qildi», – deyiladi XJS bayonotida.
Sud qaroriga ko‘ra, ikkala ayblanuvchi ham «qasddan va bila turib G‘azoning tinch aholisini yashash uchun zarur bo‘lgan narsalar, jumladan, oziq-ovqat, suv, dori-darmon va tibbiy buyumlar, shuningdek, yoqilg‘i va elektr energiyasidan mahrum qilgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter