Xalq ta’limi vazirligi Yangi yil bayrami bekor qilinganini inkor etdi
Xalq ta’limi vazirligi avvalroq Yangi yil bayrami bo‘yicha bayonot bilan chiqqandi. Unda bayramni nishonlash bo‘yicha ayrim cheklovlar joriy etilgani xabar berilgandi.
Vazirlik ushbu xabarnomaga qo‘shimcha izoh berdi.
«Umumta’lim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar mavjud emasligini bildiramiz.
Shu bilan birga maktablarda pul yig‘imlari hamda ota-onalarning e’tirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shahobchalarida maktab o‘quvchilariga Yangi yil bayramini o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligini ma’lum qilamiz»,— deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi bayonotda «Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoni hamda Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida ta’lim muassasalari hududida yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish mumkin emas»,—deya ta’kidlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter