Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi tizimiga oylik to‘lash uchun 12 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan

Xalq ta’limi tizimiga oylik to‘lash uchun 12 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi to‘loviga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va ularning miqdorlari to‘g‘risida jamoatchilikning xabardorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.

2018-yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 35 034 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, shundan 68 foizi ish haqi to‘lovlari uchun yo‘naltirilgan. Jumladan, ish haqi to‘lovlari quyidagicha taqsimlangan:

xalq ta’limiga – 12 169,8 mlrd. so‘m;

oliy va o‘rta maxsus ta’limga – 4 007,9 mlrd. so‘m;

sog‘liqni saqlashga – 6 835,3 mlrd. so‘m;

madaniyat va sportga – 741,5 mlrd. so‘m.

Budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ish haqlari (bazaviy) tarif stavkalaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlardan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring