Xalq bankining kredit kartasi bilan oson xarid qiling
Mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lov qilish Xalq bankining qisqa muddatli kredit kartasi hisobiga ancha osonlashadi. Maqbul foiz stavkasi va qulay shartlari bilan.
Kredit yillik 23% stavka bilan 1 yilga beriladi. Ushbu kreditning afzalligi shundaki, agar mijoz mablag‘larni ishlatgan kunidan boshlab 30 kun ichida sarflangan miqdorni to‘liq to‘lasa, u holda qarz uchun hisoblangan foizlar to‘lanmaydi. Shuningdek, kreditning faqat foizlari to‘lanadigan 9 oy bo‘lgan imtiyozli davr ham mavjud. Mijoz olishi mumkin bo‘lgan maksimal kredit miqdori – 12 250 000 so‘m.
Kredit karta 1 yil muddatga ochiladi va butun vaqt davomida siz ushbu xizmatdan ko‘p marotaba foydalanishingiz mumkin. Bunda siz bir yilga kredit rasmiylashtirasiz va butun davr mobaynida kartadagi barcha mablag‘lar siz uchun ochiq bo‘ladi. Zarur bo‘lganda sarflashingiz va imkon bo‘lganda qaytarib qo‘yishingiz mumkin.
Karta «UzCard» tizimida ochiladi va butun O‘zbekiston bo‘ylab amal qiladi. Uning yordamida mahsulotlarni xarid qilishingiz, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar qilishingiz, uyali aloqa va boshqa ko‘p to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Kredit olish uchun siz Xalq bankining istalgan filialiga pasport bilan kelishingiz kifoya. Sizdan kafil va turli xil ma’lumotnoma talab qilinmaydi, kredit juda oson va tez rasmiylashtiriladi.
Ushbu kredit doimiy ish joyiga ega va daromad manbai bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 210 20 02
Veb-sayt: xb.uz
E-mail: [email protected]
Telegram kanal: https://t.me/xalqbankinfo
Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot
Telegram-bot call center: https://t.me/xalqbankcall_bot
Instagram: xalqbankinfo
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter