Xalq bankining «Call center»i yordamga tayyor!
2020-yilning 1-may sanasidan boshlab Jizzax shahrida AT Xalq bankining yangi formatdagi «Call center» markazi ish boshladi. Bu yerda bank xodimlari tomonidan telefon orqali mijozlarning murojaatlari qabul qilinib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda bu yerda 8 soatlik rejimda ish tashkil qilingan bo‘lib, keyingi bosqichda tun-u kun, ya’ni 24/7/365 tizimida ishlaydi. Bu orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash, shuningdek, avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlar amalga oshiriladi hamda mijozlarga yangi xizmat turlari taklif etib boriladi.
«Call center» orqali Xalq banki tizimiga oid muammolaringizni hal qilish hamda bank xizmatlari to‘g‘risida kerakli maslahat va tavsiyalarni olish ham mumkin. Operatorlar barcha turdagi xizmatlarni masofaviy shaklda olib bormoqda.
Masalan:
- Yo‘qotilgan plastik kartani bloklash yoki blokdan chiqarish;
• Plastik karta balansini va o‘tkazmalar tarixini bilish;
• HUMO plastik kartasi egalariga SMS-xabarnoma xizmatini yoqish;
• Jismoniy shaxslar kreditlari to‘lovi uchun ID raqamlarini bilib berish va mijozning mavjud bo‘lgan kreditiga ID raqam biriktirib berish;
• Mobil banking xizmatlari: hisobraqam qo‘shish va olish, blokka qo‘yish va blokdan chiqarish, mobil telefon o‘zgarganda yangi telefonda ilovani aktiv holatga keltirish;
• Internet banking xizmatlari: hisobraqam qo‘shish va olish;
• Yuridik shaxslarga SMS-banking xizmatida kerakli hisobraqamlarni qo‘shish va olish, telefon raqam qo‘shish va olish xizmatlari;
• Yuridik shaxslarning kartoteka qarzdorliklari haqida ma’lumot berish;
• Mijoz to‘lovlari o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlashtirish;
• Mijozlar omonatlari bo‘yicha ma’lumot berish;
• JBPT (INPS), jismoniy shaxs bo‘lgan mijozning hisob raqami holati bo‘yicha malumot olish uchun telefon raqam biriktirib berish.
• JBPT (INPS), Yuridik shaxslar uchun keng turdagi xizmatlar, xususan, yangi firmani biriktirib berish, xizmat ko‘rsatuvchi filialni o‘zgartirib berish, reestr yuborishdagi muammolarni bartaraf etish hamda masofaviy «Any Desk» yordamida xizmat ko‘rsatish.
71 210 20 02 va 1106 qisqa yagona ishonch raqamlari orqali respublika bo‘ylab aholidan murojaatlarni qabul qilmoqda. Murojaatlar kuniga 1400 dan 2000 ga qadar bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkich markaz ish boshlagandan shu vaqtgacha 172 970 mingdan ziyodni tashkil etdi. Fuqarolarning asosiy ko‘p beradigan savollari bu: kredit yo‘nalishlari (jismoniy shaxs va imtiyozli kreditlar), pensiya tarqatilishi, qachon olinishi va boshqalar.
Markazda ayni vaqtda 84 nafar xodim faoliyat yurityapti. Shulardan 78 nafar xodim operator sifatida ish olib borayotgan bo‘lsa, 6 nafar xodim supervayzor sifatida mehnat qilyapti. Bundan tashqari, 11-nafar xodim qo‘shimcha operator sifatida o‘qitilmoqda.
Batafsil ma’lumot uchun: 1106 / 71 210 20 02
Web sayt: xb.uz
E-mail: [email protected]
Telegram-kanal: https://t.me/xalqbankinfo
Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot
Telegram-bot call center: https://t.me/xalqbankcall_bot
Instagram: xalqbankinfo
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter