Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki butun O‘zbekiston bo‘ylab 287 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil etdi

Xalq banki butun O‘zbekiston bo‘ylab 287 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil etdi

Aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Xalq banki tobora ko‘proq imkoniyat va qulayliklarni yaratmoqda.

Endilikda 7 valyuta turi bilan barcha turdagi valyuta ayirboshlash amaliyotlari amalga oshiriladi.

  • AQSh dollari;
  • Yevro;
  • Funt Sterling;
  • Rossiya rubli;
  • Shveysariya franki;
  • Yaponiya iyenasi;
  • Qozog‘iston tengesi.

Hozirgi kunda respublikamizda 287 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi mavjud bo‘lib, ulardan 203 tasi filiallarda, 73 tasi Bank xizmatlari markazlarida, 10 tasi chegara postlarida va 1 tasi aeroportda joylashgan. 24/7 ishlaydigan chegara postlaridagi ayirboshlash shoxobchalaridan tashqari, boshqa punktlar mijozlarni soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qiladi.

Qolaversa, siz nafaqat bitta valyutani boshqasiga almashtirishingiz mumkin, chunki ayirboshlash shoxobchalari juda keng turdagi xizmatlarni taqdim qiladi:

  • xarid (naqd chet el valyutasini sotib olish);
  • sotuv (naqd chet el valyutasini sotish);
  • konversiya (bir chet el valyutasini boshqa chet el valyutasiga ayirboshlash);
  • shikastlangan chet el valyutasini qabul qilish;
  • muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassoga qabul qilish;
  • naqd chet el valyutasini ekspertizaga qabul qilish;
  • bir turdagi chet el valyuta kupyuralarini mayda yoki yirik kupyuralarga almashtirish;
  • mijozning xalqaro to‘lov kartasidan chet el valyutasidagi pul mablag‘ini mijozning xohishiga ko‘ra naqd milliy yoki chet el valyutasida yechib berish.

Bundan tashqari, respublika bo‘ylab valyuta ayirboshlash bankomatlari 113 yetdi (113 tasi xarid amaliyotini, 56 tasi sotuv amaliyotini bajaradi).

Shuningdek, «Xalq Mobile» mobil ilovasi orqali AQSh dollarida onlayn konversiya qilish imkoniyati mavjud.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring