Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki Bo‘kadagi 15-Mehribonlik uyiga homiylik yordami ko‘rsatdi

Xalq banki Bo‘kadagi 15-Mehribonlik uyiga homiylik yordami ko‘rsatdi

Foto: Xalq banki axborot xizmati

24-avgust kuni Xalq banki Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyiga yangi Damas avtomobili hamda 500 turdan ortiq turli badiiy va ilmiy kitoblarni tuhfa qildi.

Mustaqilligimizning 28 yillik shodiyonasi arafasida Xalq banki taqdim etgan tuhfalar 200 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz tarbiyalanadigan ushbu Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda tarbiyachilari uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Xalq banki yurtimizdagi eng ko‘p tarmoqqa ega moliya muassasasi bo‘lib, davlatning bir qator ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalarida ham faol ishtirok etadi.

Bank sportni rivojlantirish, mehribonlik uylari, oilaviy poliklinikalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahallalarni obodonlashtirish, shuningdek, urush qatnashchilari va nogiron, qariya hamda front orti mehnat faxriylari, ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bor hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ajratib keladi.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Xususan, birgina o‘tgan yilda Xalq banki tomonidan homiylik ishlariga 8,1 mlrd. so‘mdan ortiq xayriya mablag‘lari yo‘naltirildi. Bu kabi xayrli ishlar joriy yilda ham davom ettirilmoqda. Asosiysi, buning natijasida qancha-qancha yurtdoshlarimiz qalbiga va xonadonlariga ezgulik va xursandchilik kirib bormoqda.

Rasmiy sahifalar 👇

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring