Xakerlar «Twitter» rahbarining tvitterdagi akkauntini buzishdi
Noma’lum shaxslar Jek Dorsining «Twitter» tarmog‘idagi akkauntini buzib kirishdi. Bilgan-bilmaganlar uchun ma’lumot: Jek Dorsi — shu tarmoqning bosh direktori...
Buzishdan so‘ng Dorsining mikroblogida bir nechta yozuvlar qoldirilgan, ular asosan nojoiz, zo‘ravonlik va irqchilikni targ‘ib qiluvchi so‘zlar.
We’re aware that @jack was compromised and investigating what happened.
— Twitter Comms (@TwitterComms) 30 avgusta 2019 g.
Albatta, akkaunt tezda tozalab tashlandi. Ijtimoiy tarmoq matbuot-xizmati hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: Jek Dorsi — «Twitter» ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri, bugungi kunda rahbari. «Bloomderg» uning boyligini $4,9 milliardga baholagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter