Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedovning otasi o‘g‘li karerasini qachon tugatishini e’lon qildi

Habib Nurmagomedovning otasi o‘g‘li karerasini qachon tugatishini e’lon qildi

Foto: «Instagram»

Habib Nurmagomedov yana ikki-uchta jang o‘tkazgach, karerasini tugatadi. Bu haqda uning otasi Abdulmannop «Fight Nights Global TV»ning Youtube-kanalida ma’lum qildi, deb yozadi «Rambler».

Abdulmannop Nurmagomedov UFC doirasida o‘g‘lining Konor Makgregor bilan yana bir jang o‘tkazish ehtimoli juda kamligini, lekin nazariy jihatdan bo‘lishi mumkinligini tan oldi — buning uchun Habib bilan jang qilish huquqiga ega ikki jangchi o‘z huquqlarini rad etishi kerak.

Katta Nurmagomedov irlandiyalik uchun boshqa bir rossiyalik — Islom Maxachev bilan olishuvi katta jang bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Islom o‘zining chempionlik maqsadiga erishish uchun yo‘lida duch kelgan hamma narsani yakson qiladi, — deydi u.

Abdulmannop Nurmagomedovning fikricha, Maxachev bir-ikkita jangdan so‘ng chempionlik unvoni uchun jang qilishi mumkin. Habib esa ikki-uchta jangdan keyin «ketishi kerak».

Iyul oyida katta Nurmagomedov o‘g‘lining sport karerasini tugatish vaqti yaqinlashayotganidan xavotirlanmayotganini, chunki unga o‘rinbosar tayyorlab qo‘yganini e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rinbosar Habibdan qolishmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring