«Xabar.uz» muharriri Tursunali Akbarov yilning eng faol jurnalisti deb topildi
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan an’anaviy «Yilning eng faol jurnalisti» tanlovini o‘tkazdi.
Tanlov ommaviy axborot vositalarining barcha yo‘nalishlari – televideniye, radio, matbuot, foto va internet jurnalistikasi bo‘yicha tashkil etildi.
«Yilning eng faol jurnalisti – 2020» respublika tanlovi g‘oliblari
- Akbarov Tursunali, «Xabar.uz axborot-tahliliy portali huquq va murojaatlar bo‘limi muharriri
Mamlakatda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish borasida islohotlar keng yoritilgan materiallari uchun.
- Isroilov Otabek, «Mash’al» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari (Toshkent viloyati)
Tumanda olib borilayotgan yangilanishlar jarayoni, aholi bandligini ta’minlash, qishloq ahli turmush darajasini yuksaltirish mavzuidagi maqolalari uchun.
- Qobulova Dilobar, «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturi boshlovchi muharriri
«Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi doirasida mamlakatda olib borilayotgan yangilanishlar jarayoniga oid ko‘rsatuvlari uchun.
- Mirzaaxmedov Miraziz, «Yoshlar» TRK radiokanali muharrir-boshlovchisi
Yoshlarning ijodiy, intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan «Taym» interaktiv radioloyihasi, «Salom askar», «Sayohat uchun 10 sabab», «Zeriktirmaymiz» ko‘ngilochar radio loyihalari, «Tezkor», «Davr» yangiliklari informatsion dasturlari uchun.
- Matyoqubova Go‘zal, «Hurriyat» gazetasi bo‘lim mudiri
Bugungi kunning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalari, mamlakat madaniy hayotini tahliliy yoritishga bag‘ishlangan, «Har qanday yangilik chop etishga loyiqdir», «Elektron qiyofa» kabi maqolalari uchun.
- Mo‘minova Gulruh, «Zarafshon» gazetasi muhbiri (Samarqand viloyati)
Dolzarb ijtimoiy-ma’naviy mavzular, xususan, «Noxolislik bilimsizlik tovlamachilikdir», «Internetdagi «yuz»ingizga qachon qaragansiz» kabi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun.
- Madiyarov Botir, «Farg‘ona haqiqati» gazetasi muxbiri
Viloyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar keng va tahliliy yoritilgan materiallari hamda pandemiya sharoitidagi ijtimoiy faolligi uchun.
- Nazirov Dilshodbek, «O‘zbekiston-24» teleradiokanali bosh muharriri
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va demokratik yangilanishlar, jumladan, «Taraqqiyot formulasi», «Islohotlar samarasi», «Qarama qarshi» tok shoulari, «Covid-19: shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik» nomli ilk hujjatli filmi kabi qator teleloyihalari uchun.
- Olimova Umida, «Mening yurtim» telekanali «Markaziy studiya» muxbiri
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy ko‘rsatuvlari uchun.
- Primov G‘ulom, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, jahonda avj olgan koronavirus pandemiyasiga qarshi viloyatda olib borilayotgan sa’y-harakatlardan aholi xabardorligini oshirishdagi faolligi uchun.
- Poletayev Sergey, «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari fotomuxbiri
Viloyat hayotining turli sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar mahorat bilan aks ettirilgan fotoreportajlari uchun.
- Reymov Konisbay, «Yerkin Qaraqalpaqstan» gazetasining o‘z muxbiri
Qoraqalpog‘iston hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar maqsad-vazifalari va samaralari, yuz berayotgan voqea-hodisalardan axolining xabardorligini oshirishga qaratilgan maqolalari uchun.
- Saidmalikov Abdumannon, «Termiz oqshomi» gazetasi bosh muharriri (Surhondaryo viloyati)
Viloyatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy islohotlar jarayoni, millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglikka bag‘ishlangan materiallari uchun.
- Safarov Ilyos, «kun.uz» sayti muxbiri
Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu intilishlari, ezgu orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, bu yo‘lda g‘ov bo‘lib turgan turli nuqsonlarga murosasiz, faol fuqarolik pozitsiyasi aks etgan materiallari uchun.
- Taypatov Abdujalol, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA bosh muharrir o‘rinbosari
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda aholi ma’naviyati masalalariga bag‘ishlangan «Andishaning oti nima yohud ma’naviyat haqida ayrim mulohazalar», «Men anglagan haqiqatlar» kabi tahliliy materiallari uchun.
- Teshayev Andrey, «Podrobno.uz» axborot portali bosh muharriri
Respublikamizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqidagi materiallari uchun.
- Ubaydullayev Nuriddin, «Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari
Respublikada hayotga tadbiq etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarining amaliy ifodasi, aholi farovonligida tutgan o‘rni haqidagi turkum materiallari uchun.
- O‘taganova Nilufar, Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi muharriri
Viloyatda aholi salomatligini saqlash borasida olib borilayotgan islohotlar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rsatuvlari uchun.
- Xusanova Sayyora, «Mahalla» teleradiokanali bosh muharrir o‘rinbosari
Milliy qadriyatlarimizni tiklash va asrab-avaylash, ma’naviyatimizni mustahkamlash masalalari, madaniyat va san’at rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz haqidagi maqolalari uchun.
- Xudoyqulov Toshtemir, «O‘zbekiston ovozi» gazetasi muxbiri
Joylardagi ijtimoiy muammolar va fuqarolarning huquklari himoyasi, aholi faolligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy materiallari uchun.
- Haydarova Dilbar, «Murabbiy» gazetasi bosh muharriri (Namangan viloyati)
Ta’lim sohasidagi islohotlar samaralariga va jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan materiallari uchun.
- Shamsiyeva Manzura, «Guliston» jurnali bo‘lim muxarriri
O‘zbekistonda madaniyat va san’atni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor va uning joylardagi ijrosiga qaratilgan tahliliy materiallari uchun.
- Egamov Bahodir, «Qiziltepa tongi» gazetasi mas’ul kotibi (Navoiy viloyati)
Tuman aholisi hayotining turli sohalarini keng va tahliliy yoritib kelayotgani, qishloq ahli farovonligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan maqolalari uchun.
- Esonova Norbodom, Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi katta muharriri
Viloyatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan eshittirishlari uchun.
- Eshonov Rustamjon, auz.uz internet nashri mas’ul muharriri (Andijon viloyati)
Viloyatda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonini tezkor va tahliliy yoritib kelayotgani uchun.
- Yoqubova Muhabbat, «Oilaviy» telekanali bosh muharrir o‘rinbosari
Oilalarning iqtisodiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, yigit-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash hamda oilada sog‘lom turmush tarzini izchil targ‘ib qilishga qaratilgan «Oila minbari», «Dialog», «Onalik akademiyasi» kabi turkum ko‘rsatuvlari uchun.
- Qalandarova Ma’rifat, Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi katta muharriri
Xorazm xalqi tarixi, madaniyati va ma’naviyati mavzulariga bag‘ishlangan materiallari va pandemiya sharoitidagi faolligi uchun.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter