Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xabar»chilar esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi

«Xabar»chilar esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi

Foto: Xabar.uz

Davlatimiz rahbarining farmoni bilan «Xabar» tahririyatining to‘rt nafar vakili – Usmonjon Yo‘ldoshev, Shohida Isroilova, Ulug‘bek Oripov va Maftuna Yusupova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun, 28 avgust kuni Milliy matbuot markazida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov sovrindorlarga mukofotlarni topshirdi.

Hamkasblarimizni ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz! 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring