Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WJP: qonun ustuvorligi bo‘yicha O‘zbekiston reytingi qariyb 9 foizga o‘sgan

WJP: qonun ustuvorligi bo‘yicha O‘zbekiston reytingi qariyb 9 foizga o‘sgan

«World Justice Project» (WJP) xalqaro nohukumat tashkiloti ijrochi direktori Elizabet Andersen 2023 yilda qonun ustuvorligi bo‘yicha O‘zbekiston reytingi 8,9 foizga o‘sganini qayd etdi.

U bu haqda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan onlayn vebinarda ta’kidlab o‘tgan.

Elizabet Andersen, shuningdek Qonun ustuvorligi indeksining faktorlari, O‘zbekistonning egallab kelayotgan o‘rni va tahlillariga batafsil to‘xtalib o‘tgan.

Xususan, hozirgi vaqtda Qonun ustuvorligi indeksi 8 ta faktor (hukumat vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yo‘qligi, ochiq hukumat, asosiy huquqlar, tartib va xavfsizlik, tartibga solish, fuqarolik va jinoiy odil sudlov) bo‘yicha 142 mamlakatdan 149 000 dan ortiq oilalar hamda 3 400 amaliyotchi huquqshunos va ekspertlarning so‘rovlari asosida shakllantirilmoqda.

2016-2023 yillarda bir qator davlatlarda qonun ustuvorligi va inson huquqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar sezilarli darajada pasaygan. 2023 yilda reytingda ishtirok etayotgan davlatlarning 59 foizida qonun ustuvorligi darajasi tushib ketganligi kuzatilmoqda.

– 2016 yildan buyon inson huquqlari himoya qilish har 4 ta davlatdan 3 tasida yomonlashgan. Shunga qaramasdan O‘zbekistonda Qonun ustuvorligi reytingida barqaror o‘sish kuzatilmoqda.

O‘zbekiston bu sohada o‘sish kuzatilgan sanoqli davlatlar qatoriga kiradi. Jumladan, O‘zbekiston mintaqaviy reytingda 15 ta davlat ichidan 8-o‘rinni egalladi. 2016 va 2023 yillar oralig‘ida 77 foiz davlatlarda Asosiy huquqlarni himoya qilish indeksida sezilarli pasayish kuzatilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu sohada barqaror o‘sish qayd etildi. Qolaversa, so‘ngi yetti yil ichida 74 foiz mamlakatlarda Hokimiyat organlari vakolatlarining cheklanganligi indeksi bo‘yicha pasayishlar kuzatildi. Bunda, davlatlar qonun chiqaruvchi va sud organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan OAV ijro etuvchi hokimiyatni nazorat qilish bo‘yicha o‘z o‘rinlarini yo‘qotdilar. O‘zbekistonda ushbu indeks bo‘yicha 2020 yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkich joriy yilgacha barqaror saqlanmoqda, – deydi Elizabet Andersen. 

Tadbirda ishtirok etgan NNTlar vakillari Qonun ustuvorligi indeksini shakllantirishda matbuot maydonini monitoring qilish, media sohasida faoliyat yuritadigan NNTlar fikrlarini o‘rganish, aholining huquqiy madaniyatini tadqiq qilish va reytinglar e’lon qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Tadbir yakunida Elizabet Andersen xonim bu sohada nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligi muhimligini, ular bilan har qanday hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

NNTlarning takliflaridan kelib chiqib, O‘ZNNTMA tomonidan matbuot va so‘z erkinligi indeksi, reyting natijalalarini yaxshilashda  nodavlat OAVlarning o‘rni bo‘yicha ham soha vakillarini taklif etgan holda onlayn tadbir tashkil etishga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring