«Alisa» endi «Windows»da
«Alisa» ovozli yordamchisidan endilikda nafaqat mobil telefonlarda, balki «Windows» o‘rnatilgan kompyuterlardagi «Yandeks.Brauzer»da ham foydalanish mumkin bo‘ldi, deb xabar beradi «Layfxaker».
Uning yordamida kompyuterni o‘chirish yoki qayta ishga tushirish, saytlar va dasturlarni ochish, sevimli qo‘shiqlarni ovoz yordamida qo‘yish, ob-havo, valyutalar kursi haqidagi ma’lumotlarni, «Vikipediya»dan foydalanish, «YouTube»ni boshqarish mumkin.
«Ovozli boshqarish insonning texnika bilan muloqotining eng tabiiy va oson usullaridan biri. Smartfonlarda mazkur xizmat turi millionlab foydalanuvchilarga yordam bermoqda, endilikda esa u kompyuterlarda ham paydo bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
«Alisa»dan foydalanish uchun «Windows»ga «Yandeks.Brauzer» o‘rnating yoki o‘rnatilgan bo‘lsa, uni yangilang. Ovozli yordamchini dastur sozlamalari orqali o‘chirish yoki yoqib qo‘yish mumkin.
«Yandeks»ning ma’lum qilishicha, kompaniya o‘zining aqlli yordamchilarini ko‘paytiradi. Yaqinda u «Yandeks.Dialog» platformasini ham ishga tushirgan bo‘lib, bu boshqa dasturchilarga «Alisa» uchun o‘zining shaxsiy qo‘shimchalarini yaratish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter