«White & Case» xalqaro yuridik kompaniyasi O‘zbekistonda huquqiy xizmatlar ko‘rsatadi
2018 yilning 22 oktyabr kuni Markaziy Osiyo savdo forumi va O‘zbekiston-Amerika biznes forumi doirasida "White & Case" xalqaro yuridik kompaniyasining to‘laqonli ishchi ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, "White & Case LLP" yuridik kompaniyasi 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u dunyoning 26 ta mamlakatida joylashgan 38 ta ofisda mehnat qiluvchi 2200 nafardan ortiq professional huquqshunoslarni birlashtiradi. Kompaniyaning yillik mablag‘ aylanmasi – 1,5 mlrd AQSh dollaridan ortiq. 2018 yilning yanvar oyida Toshkentda kompaniyaning vakolatxonasi ochilgan edi, endilikda ushbu vakolatxona O‘zbekistonda yuridik konsalting xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega konsalting kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi, "White & Case" kompaniyasining Vashingtondagi ofisining katta boshqaruvchi hamkori Kerolin Lemm, "White & Case" kompaniyasi direktori Xyu Verriyer tomonidan Toshkentda kompaniya ofisining ochilishi kompaniya uchun ham O‘zbekistonda, ham Markaziy Osiyo mintaqasida yangi imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.
Shuningdek, marosimda O‘zbekiston Rsepublikasi adliya vaziri R.Davletov hamda boshqa vazirlik va idoralarning vakillari ham ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tadbirdagi chiqishi davomida O‘zbekiston poytaxtida "White & Case" kompaniyasi ofisi ochilishi milliy kompaniyalarimiz va xorijiy investorlar uchun ularning faoliyatini sifatli huquqiy ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter