Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vrach koronavirusdan xotira zaiflashganda nima qilish kerakligini aytdi

Vrach koronavirusdan xotira zaiflashganda nima qilish kerakligini aytdi

Rossiyalik vrach Yuliya Lotsmanova koronavirus yuqtirish natijasida xotira pasayganda nimalar qilish mumkinligi bo‘yicha maslahatlar berdi.

Kognitiv qobiliyatlarni tiklash uchun mutaxassis nazdida quyidagilar muhim:

«Xotira va e’tiborni tiklash uchun ma’lum jismoniy mashqlar -  barmoq gimnastikasi mavjud. Bu nozik vosita ko‘nikmalarini mukammal rivojlantiradi, xotirani tiklaydi, konsentratsiyani rivojlantiradi. Fikrlash jarayonini yaxshilaydi», — deydi u «Govorit Moskva» radiosi efirida. 

Shifokor shuningdek, bemorlarga ko‘proq o‘qishni, musiqa tinglash va xayolda hisoblashni  mashq qilishni maslahat berdi.

Xotiradagi jiddiy muammolar bo‘lsa Lotsmanova mutaxassislarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring